Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy olimlari TikTokdagi qisqa videolarning miyaga ta’siri zararli ekanini aniqlashdi

Xitoy olimlari TikTokdagi qisqa videolarning miyaga ta’siri zararli ekanini aniqlashdi

TikTok miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U xotirani pasaytiradi va hissiy beqarorlikka olib keladi. Xitoy olimlari bong urib, aynan shularni aytishmoqda. Nima uchun Osmon osti mamlakati professorlari o‘zlari ixtiro qilgan ilovadan juda g‘azablanishdi?

NeuroImage jurnalida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, juda ko‘p Shorts, ya’ni qisqa videolarni ko‘rish turli xil psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Xitoylik olimlar 17-30 yoshdagi 111 talaba ustida tadqiqot o‘tkazdilar. Unda ishtirok etgan har bir kishi muntazam ravishda qisqa videolarni chop etadigan ilovalardan foydalanadi.

Magnit-rezonans tomografiya (MRT) skanerlari ularning orbitofrontal korteksida va serebellumda kulrang moddalarning ko‘payishini ko‘rsatdi. Bular qaror qabul qilish va hissiyotlarni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan a’zolardir.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qisqa videolarni ko‘p ko‘rish uyqu buzilishi, xotira yo‘qolishi va hissiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:25 17.02.2025. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!