Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yoz - buyrak e’tibor talab qiladigan fasl

Yoz - buyrak e’tibor talab qiladigan fasl

Yozda buyraklaringizga g‘amxo‘rlik qilish uchun siz bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishingiz kerak. Quyida eng muhimlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

- Ko‘proq suyuqlik iching. Issiq havoda suvsizlanishning oldini olish va buyraklarni toksinlardan tozalash uchun yetarli miqdorda suv ichish shart. Kuniga 2-3 litr suyuqlik, jumladan, suv, ko‘k choy, mevali ichimliklar, kompotlar ichish tavsiya etiladi.

- Tuz iste’molini cheklang.
Tuz tanadagi suvni ushlab turadi, bu esa qon bosimining oshishiga va buyraklarning zo‘riqishiga sababchidir. Tuzni kuniga 3-5 grammgacha cheklash tavsiya etiladi.

- Judayam to‘yib ovqatlanish va yog‘li taomlarni iste’mol qilish buyraklaringizga qo‘shimcha yuk olib kelishi va toshlarning paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi.

- Qon bosimi va glyukoza darajasini nazorat qiling. Yuqori qon bosimi va ortiqcha glyukoza buyraklaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu ikki ko‘rsatkichni muntazam ravishda tekshirib, natijaga monand chora ko‘rib yuring.

- Doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘ting.
Buyrak tekshiruvi, jumladan peshob tahlili va ultratovush tekshiruvi muammolarni erta aniqlashga yordam beradi.

- Spirtli ichimliklar va chekishdan tiyiling. Ushbu yomon odatlar buyraklar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

- Jismoniy faollik qon aylanishini yaxshilaydi va buyraklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Darvoqe, me’yoriy vazn ham buyrak salomatligini ta’minlaydi.

- Barra meva va sabzavotlar, kaliyga boy taomnoma va baliqni buyrak yaxshi ko‘radi.

- Toksik moddalar bilan aloqa qilishdan saqlaning. Buyraklarga zarar yetkazadigan organik eritmalar va og‘ir metallarga to‘qnash kelmaslikka harakat qiling.

- Bel og‘rig‘ini e’tiborsiz qoldirmang. Belda og‘riq tursa, zudlik bilan shifokorga ko‘rining.

Kiritildi: 06:59 15.07.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!