Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy va Tramp suhbati: AQSh quroli evaziga Moskva va Peterburgga zarbalar muhokama qilindi

Zelenskiy va Tramp suhbati: AQSh quroli evaziga Moskva va Peterburgga zarbalar muhokama qilindi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda Tramp, “Nega hali ham Moskva va Sankt-Peterburgga zarba bermadingiz?” degan savolni bergan. Zelenskiy esa, “Agar qurol bersangiz, zarba beramiz”, deb javob bergan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Tramp mazkur suhbat davomida Ukrainadan Rossiyaning ikki yirik shahriga nisbatan bosimni kuchaytirishni istaganini bildirgan. Nashr yozishicha, AQSh Ukrainaga ilgari yetkazilgan ATACMS raketalarini to‘liq masofada (300 km gacha) qo‘llashga ruxsat berishni ko‘rib chiqmoqda. Bu orqali Ukraina Rossiya hududidagi strategik harbiy ob’ektlarga zarba bera oladi. Shuningdek, Tomahawk raketalarini yetkazish imkoniyati ham muhokamada bo‘lib, ular bilan Moskva va Peterburgni nishonga olish mumkin bo‘ladi.

Gazetaning tahliliga ko‘ra, Trampning Rossiyaga nisbatan pozisiyasini keskinlashtirishi bir nechta sabablar bilan bog‘liq: Putinning sulhga nisbatan loqaydligi, AQShning Eronga muvaffaqiyatli zarbalari va Trampning Kreml faqat kuchni tan oladi, degan ishonchi.

Zelenskiy Tramp bilan NATO bosh kotibi Mark Ryutte ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQShdan Patriot raketa tizimlarini olish bo‘yicha kelishuvdan mamnunini bildirib, Vashingtonning harbiy yordamni kuchaytirish niyatini yuqori baholadi. Tramp, shuningdek, Rossiyaga qarshi 50 kunlik muhlat qo‘yib, agar shu muddat ichida sulh bo‘lmasa, 100 foizlik boj va sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Zelenskiy AQSh prezidenti vakili Kit Kellog bilan ham uchrashib, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishdagi hamkorlik, PVO tizimini rivojlantirish va Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga nisbatan sanksiyalarni muhokama qilgan.

Kiritildi: 14:47 15.07.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!