Xitoy mudofaa vaziri Dun Szyun 23-28 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya va Qirg‘izistonda bo‘ladi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligiga tayanib «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.
«Xitoy Xalq Respublikasi mudofaa vaziri Dun Szyun tegishli davlatlarning taklifiga binoan 23 apreldan 28 aprelgacha Rossiya va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi», — deyiladi bayonotda.
Vazirlik vakillarining tushuntirishicha, Dun Szyun Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etadi.