Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy jamiyat ustidan nazorat o‘rnatish uchun "golografik profillar" tizimini yaratmoqda

Xitoy jamiyat ustidan nazorat o‘rnatish uchun "golografik profillar" tizimini yaratmoqda

Xitoydagi yangi polisiya nazorati tizimi istalgan shaxsning harakatlanishi va aloqalarini real vaqt rejimida kuzatib boradi hamda uning "komples profili"ni shakllantiradi, deb ma’lum qildi kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha ekspert, "NetAskari" taxallusi bilan tanilgan shaxs DW nashriga.

Ekspert tomonidan topilgan ma’lumotlar bazasi bunga asos bo‘ldi — unda 2021 yilda Pekinda faoliyat yuritgan deyarli har bir xorijlik jurnalist haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Bazada mamlakatga kirish va chiqish paytida olingan pasportdagi rasmiy fotosuratlar, shaxsiy mobil telefon raqamlari, vizalar haqidagi ma’lumotlar va tug‘ilgan sanalar bor.

"NetAskari" duch kelgan ushbu tizim Xitoyda shakllanayotgan "golografik profillar" tizimining bir qismidir. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu baza endilikda faqat ko‘chadagi kuzatuv kameralarigagina tayanib qolmaydi. U, masalan, Pekin yoki Shanxaydan kelayotgan shaxs egallagan poyezdning aniq vagoni va o‘rindiq raqamini qayd etadi.

Tizim, shuningdek, benzin sarfi, doimiy xarid qilish joylari, shuningdek, inson "ariza va shikoyatlar topshirish joylari'ga tez-tez borib turishi kabi kundalik ma’lumotlarni ham to‘playdi. Baza odamlar o‘rtasidagi aloqalarni ham kuzatib, ularning o‘zaro ta’sir o‘tkazish sxemalarini tuzishi mumkin.

Ma’lumotlarni to‘plash borasidagi ushbu harakatlar insonning jismoniy joylashuvi, uning iste’mol odatlari va raqamli izlari haqidagi ma’lumotlarni mukammal "kompleks shaxsiy dosYE"ga birlashtirishga qaratilgan, deb hisoblaydi ekspert. Hozircha bu tizim faqat jurnalistlarni qamrab olgan, biroq uni butun jamiyatga osongina yoyish mumkin, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:22. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!