Markaziy Osiyo davlatlari hududi orqali Xitoy — Eron yo‘nalishida birinchi blok-poyezd harakati boshlandi. 55 vagondan iborat birinchi poyezd avtomobil ehtiyot qismlari, iste’mol tovarlari va boshqa aralash yuklarni tashimoqda.
Yo‘nalish Xitoydagi Chensyan stansiyasidan boshlanib, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali Saraxs chegara stansiyasigacha yetib boradi. Marshrutning umumiy uzunligi 6000 kilometrdan ziyod.