Xitoy Davlat kengashining axborot byurosi chorshanba kuni "COVID-19ning oldini olish, nazorat qilish va kelib chiqishini aniqlash: Xitoyning harakatlari va pozisiyasi" nomli oq kitobni e’lon qildi. Bu haqda Sinxua xabar bermoqda.
Oq kitobga ko‘ra, COVID-19 avj olgandan beri Xitoy doimiy ravishda mahalliy olimlar va ularning chet ellik hamkasblari tomonidan koronavirusning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarga katta resurslar ajratdi.
Mamlakat klinik epidemiologiya, molekulyar epidemiologiya, atrof-muhit epidemiologiyasi va mezbon hayvonlarni identifikasiyalash kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Xitoy virusning kelib chiqishini aniqlash uchun JSST bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Oq kitobda qayd etilishicha, "JSST boshchiligidagi SARS-CoV-2ning kelib chiqishi bo‘yicha global tadqiqot: Xitoy qismi - JSST-Xitoy hamkorlikdagi tadqiqoti" va tizimli epidemiologik tekshiruvlar, molekulyar kuzatuv, hayvonlarning xost skriningi va sovuq zanjir yo‘llarining tekshiruvlariga asoslangan boshqa tadqiqotlar Uhan va SARS-CoVning tabiiy manbalari sifatida xizmat qilish ehtimolini istisno qilgan. Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqishi juda dargumon.