Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy banklari «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li uchun 2,35 mlrd dollar ajratmoqda

Xitoy banklari «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li uchun 2,35 mlrd dollar ajratmoqda

Xitoyning yirik banklar sindikati «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun 2,35 mlrd dollar kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu mablag‘ loyihaning umumiy qiymatining yarmini tashkil etadi. Kredit 35 yilga beriladi.

Loyihaning qolgan qismi quyidagicha moliyalashtiriladi: Xitoy — 51 foiz (1,199 mlrd dollar), Qirg‘iziston va O‘zbekiston — har biri 24,5 foizdan (0,576 mlrd dollar).

Temir yo‘l qurilishi 2024 yil 27 dekabrda boshlangan, uni 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. Hozirda 29 ta tunneldan 18 tasi va 50 ta ko‘prikdan 17 tasi qurilmoqda.

Yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 532,5 km bo‘ladi, shundan 304,9 km Qirg‘iziston hududidan o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!