Bunda ularning harbiy kompaniyalarga sotilishini istisno etiladi — The Wall Street Journal
Gazeta manbalariga ko‘ra, Xitoy hukumati Qo‘shma Shtatlarga noyob yer metallari va boshqa mahsulotlar eksportini soddalashtirishni, shu bilan birga, mudofaa sanoatiga aloqador kompaniyalarni qabul qiluvchilar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda.
"Yangi tizim fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan noyob yer metallari yetkazib beruvchi Xitoy kompaniyalariga eksport ruxsatlarini tezroq olish imkonini beradi. Yangi qoidalar Pekinga, bir tomondan, Vashington bilan noyob yer resurslari eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuvlarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, AQSh armiyasi bilan bog‘liq kompaniyalarga yetkazib berishni cheklash imkonini beradi", deya yozmoqda WSJ.
Donald Tramp va Si Jinpin 30 oktyabr kungi uchrashuvda AQSh Xitoy uchun boj tariflarini pasaytirishi, Pekin esa noyob yer metallari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi to‘g‘risida kelishib olishgandi.