Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Abror Muxtor Aliy jamoat faoli Hamid Sodiqqa tahdid qilgani aytilmoqda

Abror Muxtor Aliy jamoat faoli Hamid Sodiqqa tahdid qilgani aytilmoqda

30 nafar jurnalist, advokat, olim va jamoat faollari Muxtor Aliy ustidan sudga shikoyat kiritishgan.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning o‘zbek segmenti ba’zi masalalarda ikki toifaga bo‘lindi.

Tarmoq foydalanuvchilarining ba’zilari siyosatshunos Hamid Sodiqni himoyalasa, boshqalari, Abror Muxtor Aliyni himoya qilishmoqda.

Xususan, sobiq deputat Rasul Kusherbayev ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi: “O‘zbekiston – Konstitusiyaga ko‘ra, huquqiy, demokratik, dunyoviy davlat. Insonlarning erki, sha’ni va qadr-qimmati, erkin fikri, diniy erkinligi, fikrlash erkinligi davlat tomonidan qat’iy himoya qilinishi kerak. Jumladan, so‘z va fikr erkinligi uchun din nomi bilan ommaviy sazoyi qilishga, O‘zbekiston konstitusiyaviy tizimida yo‘l qo‘yilmaydi.

Abror Muxtor Aliyning ushbu va boshqa chiqishlarida O‘zbekiston Konstitusion tizimiga, uning qadriyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz ko‘rinib turadi, insonlarning konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirganlik uchun sazoyi qilish holatlari juda ko‘p uchraydi”, — deb yozadi Kusherbayev.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov Abror Muxtor Aliyning bu gaplariga huquqiy baho berilishi kerakligini aytmoqda.

Hozirgi vaqtda 30 nafar jurnalist, advokat, olim va jamoat faollari Muxtor Aliy tegishli tashkilotlardan Muxtor Aliyga nisbatan huquqiy baho berishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 13:57 07.11.2025. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!