Bugun 18 oktyabr, 2019 yil, juma

КИР

Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi

Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Mix Alpha konseptual smartfonini namoyish etdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Uning eng asosiy o‘ziga xosligi — korpusni to‘liq qamrab olgan ekranidir. Displeyning maydoni qurilma hajmining 180 foizini tashkil etadi.

Smartfonning orqa panelida turli axborot, masalan, ob-havo ma’lumoti yoki navigator aks etib turadi.

Yon panelda batareya quvvati va tarmoq signali indikatorlari, shuningdek, ovozni baland-past qilish sensor tugmalari joylashgan.

Orqa panelda Samsung’ning Xiaomi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 108 megapikselli kamerasi joylashgan. Qurilma, shuningdek, 20 megapikselli ultrakeng burchakli ob’ektiv va 12 megapikselli teleob’ektivga ham ega. Telefonning old kamerasi yo‘q.

Smarfon 5G tarmoqda ishlay oladi, operativ xotirasi 12 gigabaytga, ichki xotirasi esa 512 gigabaytga teng. Batareyasining quvvati 4050 milliamper-soatga teng.

Mi Mix Alpha smartfoni 2019 yilda cheklangan miqdorda chiqariladi. Telefonning narxi 19 999 yuan (2800 dollar)ga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 11 ning 64 gigabaytli versiyasi AQShda bundan to‘rt barobar arzon — 700 dollardan sotilmoqda.

Kiritildi: 05:39 25.09.2019. O'qildi: 1674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!