Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xavi murabbiylikka qaytishi mumkin!

Xavi murabbiylikka qaytishi mumkin!

"Bayer" sentyabr oyining birinchi kunida Erik ten Xagni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqardi. Niderlandiyalik mutaxassis Bundesliganing ikki turidan keyinoq klubni tark etdi, bu antirekord hisoblanadi.

Endi "Bayer" yana bosh murabbiy qidirmoqda. Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra leverkuzenliklarni Xavi boshqarishi mumkin. 45 yoshli mutaxassis ayni damda ishsiz. 2023/2024 yilgi mavsum yakunida Xavi "Barselona"ni tark etdi.

Germaniya chempionatining dastlabki ikki o‘yinida "Bayer" o‘z maydonida "Xoffenxaym"ga yutqazdi (1:2) va safarda "Verder" bilan durang o‘ynadi (3:3).

"Bayer" navbatdagi o‘yinni 12 sentyabr kuni o‘z maydonida "Ayntraxt"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:07 01.09.2025. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!