Xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainada AQSh qo‘shinlari bo‘lmaydi — Ukraina tashqi ishlar vaziri.
Andrey Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Kongressda ratifikasiya qilishga tayyorligini tasdiqlagan.
"Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar tinchlik kelishuvini qo‘llab-quvvatlash uchun xavfsizlik sohasida “zaxira”ni ta’minlaydi, biroq Ukraina hududida AQSh qo‘shinlari bo‘lmaydi", — deya vazirning so‘zlarini keltiradi Reuters.