Xavfli bezgak kasalligi yuqtiruvchi chivin Afrika bo‘ylab jadal tarqalmoqda — The New York Times.
Olimlar foydalanilayotgan insektisidlarga (hasharotlarga qarshi vosita) chidamli bo‘lgan Anopheles stephensi chivin turining tarqalishi haqida ogohlantirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chivin allaqachon Afrikaning Gana va Keniya davlatlari bo‘ylab keng tarqalib bormoqda hamda yirik shaharlarda bezgak xavfini yanada kuchaytirishi mumkin.