Yorrel Xato "Chelsi" futbolchisiga aylandi.
Klub "Ayaks"dan 19 yoshli himoyachining transferini e’lon qildi. Xato 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Bu transfer "Chelsi"ga bonuslarni hisobga olmaganda 43,5 million yevroga tushishi xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Xato Erediviziyada 31 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan.