«Bavariya» futbolchisi Xarri Keyn 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti sohibi bo‘ldi. Futboldagi eng nufuzli individual mukofotni topshirish marosimi France Football jurnali tomonidan London shahridagi «Palladium» teatrida tashkil etildi. G‘olibga «Oltin to‘p»ni braziliyalik Ronaldo topshirdi.
"Oltin to‘p" uchun kurashda Xarri Keyn Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.
Ilk bor jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofot Fransiyadan tashqarida topshirildi. Marosimning Londonda o‘tkazilishiga 1956 yildagi ilk «Oltin to‘p» sohibi angliyalik futbolchi Stenli Mettyuz bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatildi.
«Oltin to‘p» mukofoti France Football fransuz jurnali tomonidan har yili kalendar yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. O‘tgan yili ushbu mukofot «PSJ» hujumchisi Usmon Dembelega nasib etgan edi.