MV Hondius layneri bilan bog‘liq holda karantinga olingan 20 dan ortiq Fransiya fuqarosi uyiga qaytadi. Bu haqda RMC radiostansiyasi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Gap xantavirus bilan kasallangan va keyinchalik vafot etgan niderlandiyalik ayol bilan xalqaro reyslarda birga uchgan yo‘lovchilar haqida ketmoqda. Ushbu fuqarolarning barchasida o‘tkazilgan test natijalari manfiy chiqdi. Ular may oyining o‘rtalaridan buyon tibbiy kuzatuv ostida edi.
Radiostansiya materialida ta’kidlanishicha, marhuma bilan birga parvoz qilgan 22 kishining izolyasiya davri shanba, 6 iyun kuni yakunlanadi.
Shu bilan birga, bevosita layner bortidan evakuasiya qilingan yana to‘rt nafar fransuz fuqarosi 21 iyunga qadar izolyasiyada qoladi.