Los-Anjeles polisiyasi amerikalik aktyor Jeyms Xendining o‘ldirib ketilishi yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda «Los Angeles Times» nashri xabar berdi.
Voqea Los-Anjelesning Tarzana tumanida sodir bo‘lgan. Polisiya xodimlari u yerga «gunohkor insonni o‘ldirdim» deb qo‘ng‘iroq qilgan erkakning murojaatidan so‘ng yetib kelishgan.
Voqea joyiga kelgan huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari uy hovlisida 81 yoshli Xendining pichoqlangan holda, hushsiz yotganini aniqlashdi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi.
Ta’kidlanishicha, voqea joyida 44 yoshli Maykl Gledxill qo‘lga olingan va u polisiya qidirayotgan shaxs aynan o‘zi ekanini tan olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Xendi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayolning o‘g‘li hisoblanadi.
Jeyms Xendi «K-9: It ishi», «Jumanji» va «Top Gan: Meverik» kabi filmlardagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish edi.