O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif doirasida bugun O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda mamlakatimizda birinchi integrasiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.
5 iyun kuni davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.