Freedom Ship loyihasiga ko‘ra unda 80 minggacha odam yashashi rejalashtirilgan.
Kemaning uzunligi 1,5 km bo‘lishi kutilmoqda, ichida esa oddiy shahar infratuzilmasi bo‘ladi: banklar, maktablar, restoranlar va 15 ming o‘rinli stadion ham nazarda tutilgan. Dunyoda bunday katta kemani qabul qiladigan port yo‘qligi uchun u neytral suvlarda turadi va har 2–3 yilda Yerni aylanib chiqadi.
Loyiha yadro reaktor energiyasida ishlashi rejalashtirilgan. Qirg‘oqqa chiqish zarurati bo‘lsa, odamlar kater yoki vertolyot orqali yetkaziladi. Qurilish qiymati taxminan 16 milliard dollar etib baholangan.