“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 9-turida “Jirona”ga qarshi (2:1) o‘yin davomida ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi.
Shu sababli, u kelasi turda “Real Madrid”ga qarshi kechadigan La Ligadagi “el-klasiko” uchrashuvida jamoasiga bevosita yordam bera olmaydi.
“Barselona” “Jirona” ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng 22 ochko jamg‘ardi va Ispaniya chempionati jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Real” esa bir ochkoga kam — 21 ochko bilan ikkinchi pog‘onada, ammo jamoaning 19 oktyabr kuni “Xetafe”ga qarshi o‘yini zaxirada qolgan.
Ispaniya — Primera. 10-tur
2025 yil 26 oktyabr, yakshanba. Soat 20:15
Real Madrid (Madrid) - Barselona (Barselona)
“El-klasiko” oldidan har ikki klub Chempionlar ligasida ham maydonga tushadi:
“Barselona” 21 oktyabr kuni Gresiyaning klubi “Olimpiakos”ga qarshi o‘ynaydi.
“Real” esa 22 oktyabr kuni “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.