Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

XAMAS ham Isroilga qarshi urush yakunlanganini rasman e’lon qildi

XAMAS ham Isroilga qarshi urush yakunlanganini rasman e’lon qildi

Misr, Qatar va Turkiyani vakillik qiluvchi vositachilar, shuningdek, AQSh ma’muriyati Falastinning XAMAS harakatiga G‘azo sektoridagi harbiy mojarolar qayta boshlanmasligi uchun kafolatlar berdi.

Bu haqda harakatning anklavdagi rahbari va muzokaralar delegasiyasi rahbari Xalil al-Hayya Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi.

"Biz vositachi davlatlar va AQSh ma’muriyatidan G‘azodagi urush nihoyat tugagani haqida kafolat oldik", deb ta’kidladi XAMAS siyosiy byurosi a’zosi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 nafar falastinlikni, shuningdek, urush boshlanganidan beri hibsga olingan G‘azodan 1700 nafar falastinlikni hamda Isroil tomonidan hibsga olingan barcha falastinlik ayollar va bolalarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 07:45 10.10.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!