Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

XAMAS G‘azoning Isroil nazoratidagi qismlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor

XAMAS G‘azoning Isroil nazoratidagi qismlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor

XAMAS vakili Ismoil Radvan 9 noyabr kuni Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Falastinning XAMAS harakati vositachilarni G‘azo sektorining hozirda Isroil armiyasi nazorati ostidagi hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligi haqida ma’lum qildi.

"Biz vositachilarga jangchilarni sariq zonadan olib chiqishga tayyorligimiz haqida ma’lum qildik", — deya aniqlik kiritdi u.

"Sariq chiziq" Isroil harbiylari tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘rnatilgan chegaralarni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, XAMAS vakilining so‘zlariga ko‘ra, harakat garovga olinganlarning jasadlari masalasini imkon qadar tezroq hal qilish ustida ishlamoqda.

7 noyabr kuni XAMAS Isroilga garovga olingan shaxsning jasadi bo‘lgan yana bir tobutni topshirgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!