Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining G‘azodagi ofisiga snaryad kelib tushdi

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining G‘azodagi ofisiga snaryad kelib tushdi

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining (XQXQ) ofisiga snaryad kelib tushdi, biroq xodimlardan jabrlanganlar yo‘q.

Bu haqda tashkilot press-relizida aytilmoqda.

"Bugungi kunda XQXQning Rafahdagi ofisi barcha tomonlarga aniq belgi qo‘yilganiga va xabardor qilinganiga qaramay, portlovchi o‘qdan zarar ko‘rgan. Yaxshiyamki, hodisada hech qanday xodim jabrlanmadi, biroq bu XQXQning faoliyat yuritish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. XQXK o‘z binolariga qilingan hujumni keskin qoralaydi" - deyiladi matnda.

Kiritildi: 23:54 24.03.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!