Kirsti Koventri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining yangi rahbari etib saylandi. U bir necha karra Olimpiya chempioni va Zimbabve sport vaziri sanaladi.
Koventri yashirin ovoz berishda tashkilot a’zolarining ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritdi va XOQni boshqargan birinchi ayol bo‘ldi. XOQni 2013 yildan beri boshqarib kelayotgan Tomas Bax shu yozda o‘z lavozimini tark etadi.
XOQning yangi prezidenti 2025 yil 24 iyun kuni lavozimiga kirishadi. Kirsti Koventri suzish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi va medal sovrindori, ko‘plab jahon rekordchisi. 2013 yildan buyon XOQ va Zimbabve Olimpiya qo‘mitasi a’zosi. 2018 yildan beri u Zimbabve sport, dam olish, san’at va madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Koventridan tashqari, XOQ prezidenti lavozimiga quyidagilar ham ko‘rsatilgan: Xalqaro velosport rahbari Devid Lapartian; XOQning amaldagi vise-prezidenti Xuan Antonio Samaranch; Xalqaro yengil atletika federasiyalari assosiasiyasi (IAAF) prezidenti Sebastyan KoYE; Iordaniya shahzodasi Faysal al-Husayn; Xalqaro gimnastika federasiyasi prezidenti Morinari Vatanabe; Xalqaro chang‘i va snoubord federasiyasini boshqaradigan multimillioner Yoxan Elias.