Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xalqaro jinoyat sudi Tramp sanksiyalariga tushmaslik uchun Microsoft mahsulotlaridan voz kechmoqda

Xalqaro jinoyat sudi Tramp sanksiyalariga tushmaslik uchun Microsoft mahsulotlaridan voz kechmoqda

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi endi o‘z faoliyatida AQSh kompaniyasiga tegishli dasturiy ta’minotdan foydalanmaydi. Microsoft mahsulotlari o‘rni nemisning Boxum shahrida joylashgan ZenDIS kompaniyasi ishlab chiqargan OpenDesk dasturlari bilan almashtiriladi, deb xabar bermoqda Westdeutscher Rundfunk.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ehtimoliy sanksiyalariga tushmaslik maqsadida qilinmoqda.

Avvalroq Tramp Xalqaro jinoyat sudi faoliyatini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun chiqarilgan order sabab qattiq tanqid ostiga olgan edi. Sud Netanyahuni G‘azo sektoridagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarda ayblagan.

Tramp AQSh fuqarolari va ittifoqchilariga qarshi tergov ishlarini qo‘llab-quvvatlagan tashkilot sudyalariga personal sanksiyalar joriy etganini ma’lum qilgan. Oq uy cheklovlari nafaqat ularning o‘zlarini, balki oila a’zolarini ham qamrab olgan.

Kiritildi: 13:30 31.10.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!