Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xakerlar Tramp atrofidagilarni o‘g‘irlangan elektron xatlarni chop etish bilan tahdid qilmoqda

Xakerlar Tramp atrofidagilarni o‘g‘irlangan elektron xatlarni chop etish bilan tahdid qilmoqda

Eron bilan aloqasi borligi taxmin qilinayotgan xakerlar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls va AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Lindsi Xalliganning o‘g‘irlangan elektron maktublarini oshkor qilish bilan tahdid qilishdi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"Eron bilan bog‘langan xakerlar AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin doiralaridan o‘g‘irlangan yana ko‘p elektron pochta xabarlarini tarqatish bilan tahdid qilishdi. Xakerlar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls, Trampning advokati Lindsi Xalligan, Tramp maslahatchisi Rojer Stoun va porno aktrisa Stormi Deniyelsning akkauntlaridan taxminan 100 gigabaytlik elektron xatlar borligini aytishdi."

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar materiallarni sotishlari mumkinligini aytgan, biroq ular xatlar mazmunini tasvirlamagan.

May oyida Wall Street Journal ma’lumotli manbalarga tayanib, Oq uyda yana bir ma’lumot sizdirilgani haqida xabar bergan edi, bu safar xakerlar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uaylsning shaxsiy aloqalariga kirishgan va uning nomidan Kongress a’zolari va korporasiyalar rahbarlari bilan bog‘lanishgan. Manbalarning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Eron agentlari uning elektron pochtasini buzib, shu tariqa o‘sha paytda Trampning hamkasbi bo‘lgan vise-prezident Jey Di Vensning ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 11:40 01.07.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!