"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan klub muxlislariga murojaat qildi.
"Madridistlar, barcha orzularingiz amalga oshsin. Yangi 2026 yil muborak bo‘lsin," - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi "Real" rasmiy sayti.
2025 yildagi so‘nggi o‘yinda "Real" o‘z maydonida "Sevilya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Gollarga Jud Bellingem va Kilian Mbappe mualliflik qildi.
"Real" ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.