Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonso "Real"ga "Barselona" tarbiyalanuvchisini olib kelmoqchi

Xabi Alonso "Real"ga "Barselona" tarbiyalanuvchisini olib kelmoqchi

"Bayer" chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo yana "Real"ning transfer maqsadiga aylandi.

Yaqin o‘tmishda "qaymoqranglilar" "Barselona" tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirishgan, ammo aniq hech narsa aytilmagan. Jurnalist Matteo Morettoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "Real"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso Grimaldoning o‘yiniga qoyil qoladi va u bilan Madridda birga ishlashni istaydi. "Qirollik klubi" rahbariyati "Bayer"ning transfer talablarini maqbul deb topsa, 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqadi.

Transfermarkt ekspertlari Alexandro Grimaldoning narxini 40 million yevroga baholamoqda. Uning "dorishunoslar" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Kiritildi: Bugun 09:18. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!