Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonso: Bunaqasi ketmaydi

Xabi Alonso: Bunaqasi ketmaydi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/4 finalidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmundga (3:2) qarshi o‘yin oxirida jamoaning harakatlaridan g‘azablandi.

"Qaymoqranglilar" qo‘shib berilgan daqiqalargacha 2:0 hisobida oldinda borishdi, ammo g‘alabani xotirjam saqlab qola olishmadi: "asalarilar" 92- va 98-daqiqalarda gol urishdi va faqat Kilian Mbappening 94-daqiqada urgan goli ispan grandi raqiblariga kambek qilishga imkon bermadi.

Xabi Alonso va uning yordamchilari uchrashuv oxirida "Real"ning o‘yinidan g‘azablanishdi. Murabbiylar shtabining fikricha, jamoa diqqatini yo‘qotib, shunchaki "o‘chib qolgan", shu sababli muammolar boshlangan. Murabbiy futbolchilarga murojaat qilib, "PSJ"ga qarshi bo‘lajak yarim final o‘yinida maksimal darajada e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

Kiritildi: 15:34 08.07.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!