Gitler nomidan yuritilgan va tasdiqlangan (verifikasiya) belgisiga ega akkauntda "Germaniyani yana buyuk qilish" rejasi haqida yozilgan hamda Ilon Mask "Gitler" nomidan "bizning rasmiy elchimiz" deb e’lon qilingan. Hozirda akkaunt o‘chirib tashlangan.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, akkaunt aslida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga tegishli bo‘lgan va xakerlar tomonidan buzib kirilgach, uni nomi "Adolf Gitler"ga o‘zgartirilgan. Shu sababdan akkauntda verifikasiya belgisi saqlanib qolgan.