AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga munosabatidagi yangi keskinlik sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin boshlangan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Trampning noroziligi Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmasiga hujumlar uyushtirishda AQSh resurslaridan foydalanayotgani bilan bog‘liq.