Fuqaro Ye.T. o‘ziga tegishli “COBALT” rusumli avtotransport vositasini Qo‘ng‘irot tumani, Nukus ko‘chasida boshqarib kelayotganida, fuqaro A.YU.ning boshqaruvidagi “KIA” rusumli avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida, ushbu avtomashina bilan to‘qnashib, unga 54 mln. so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Etkazilgan zararlarni huquqbuzardan undirish haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shumanay tuman sudi tomonidan 2026 yil 23 iyul kuni qaror chiqarilgan.
Ushbu qarorga asosan chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdorning nomidagi 2 ta avtomashinaga taqiq o‘rnatilgan hamda ijro hujjati talabini bajarmaslik qo‘shimcha undiruvlarga sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish berilgan.
Shuning natijasida, undiruvchi Byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib, yetkazilgan 54 mln. so‘m zararlarni to‘lig‘i bilan olganligini bildirgan.