Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tilanchilik uchun jarima miqdorlari oshirildi

Tilanchilik uchun jarima miqdorlari oshirildi

O‘zbekistonda tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi.

Bu 14 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ–1180-sonli qonunda nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188³-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, jamoat joylarida tilanchilik qilganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1–3 baravaridan 3–5 baravarigacha oshirildi. Shuningdek, 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi ham belgilandi.

Moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun esa BHMning 10–15 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Yangi tartib bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun doirasida joriy etilmoqda.

Kiritildi: 16:41 15.10.2026. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!