Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi

"Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi

"Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi R.Kusherbayevning “Samarqand-Abu-Dabi” yo‘nalishi bilan “Wizzair” aviakompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanganda uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi ma’lumotlar xorijiy tilda berilishi yuzasidan qoldirgan murojaatini ko‘rib chiqdi.

Qo‘mita tomonidan Transport vazirligiga o‘rganishlar yuzasidan so‘rov xati yuborildi. Natijada o‘zboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora ko‘rildi.

Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj a’zolariga parvozlar xavfsizligini ta’minlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayo‘lovchilarni hurmat qilish bo‘yicha trening kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, aviakompaniya 2025 yilda O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi personallar o‘zbek tilida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 11:25 06.03.2025. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!