Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Wizz Air Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatadi

Wizz Air Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatadi

Wizz Air aviakompaniyasi 2025 yil 1 sentyabrdan Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Kompaniyaning aytishicha, bu qaror Yaqin Sharqda geosiyosiy beqarorlik, havo yo‘llarining yopilishi va bozorga kirishdagi cheklovlar tufayli foyda olish imkoni yo‘qolgani sababli qabul qilingan.

Endilikda aviakompaniya o‘zining barcha resurs va e’tiborini asosiy bozori — Markaziy va Sharqiy Yevropadagi parvozlarga yo‘naltiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga qaraganda, bu qaror O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi parvozlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 18:13 14.07.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!