Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich fuqarolarga hukumat tomonidan 3-4 kun ichida Serbiyadagi norozilik namoyishlari bo‘yicha mamlakatda tinchlik va tartib o‘rnatish uchun qat’iy choralar ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
"Yaqin 3-4 kun ichida ba’zan kutilmagan qarorlarimizni ko‘rasiz. Bu davrdan keyin juda hal qiluvchi harakatlarni ko‘rasiz", - deya ta’kidladi u.
Siyosatchiga ko‘ra, Serbiya fuqarolari davlat "chetga chekindi" deb o‘ylashlari mumkin, ammo Belgrad bor qat’iyatini ishga solmoqchi. Vuchich mamlakat barcha tashqi bosimlarga qarshi turishini ta’kidladi.
Avvalroq Vuchich hukumat norozilik namoyishlari fonida favqulodda holat joriy etish masalasini ko‘rib chiqmayotganini aytgandi.