Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Volkswagen butun dunyo bo‘ylab 100 ming ish o‘rnini qisqartirmoqchi

Volkswagen butun dunyo bo‘ylab 100 ming ish o‘rnini qisqartirmoqchi

Xabarlarga ko‘ra, Volkswagen kompaniyasida qariyb 630 ming kishi ishlaydi, Xitoydagi qo‘shma korxonalarni hisobga olganda esa bu ko‘rsatkich 680 mingni tashkil etadi. Bu Toyota’ga nisbatan 60 foizga, Stellantis’ga (Alfa Romeo, Citroën, FIAT, Jeep, Opel va Peugeot ishlab chiqaruvchisi) nisbatan 140 foizga va Ford’ga nisbatan qariyb 240 foizga ko‘pdir.

DW jurnalisti Nik Martinning ta’kidlashicha, bir vaqtlar bunday xodimlar soni Germaniya sanoatining qudrati va VW’ning ulkan daromadlari belgisi bo‘lgan bo‘lsa, hozir u kompaniyani og‘riqli ish o‘rinlarini qisqartirishga majbur qilayotgan ulkan yukka aylandi.

"Kompaniya ko‘plab butlovchi qismlar va dasturiy ta’minotni o‘z kuchi bilan ishlab chiqaradi, bu esa ishchilarga bo‘lgan ehtiyojni va, albatta, ishchi kuchi xarajatlarini oshiradi", — deydi tahlilchi Megan Ostertag DW'ga bergan intervyusida.

Shuningdek, Germaniyada avtomobil ishlab chiqarish xarajatlari "raqobatchilarga qaraganda ikki barobar yuqori bo‘lishi mumkin", deyiladi nashr xabarida.

Qisqartirishlar sabab Germaniyada xodimlar norozilik namoyishlariga chiqdi.

Kiritildi: 12:51 10.07.2026. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!