Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Vladimir Putin Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi

Vladimir Putin Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi

Kreml matbuot xizmati Rossiya Prezidenti Vladimir Putin XXR Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 19–20 may kunlari Xitoyga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

«Rossiya yetakchisining tashrifi davlatlararo aloqalar uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 25 yilligiga bag‘ishlangan», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Putin va Si Szinpin ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladilar.

«Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy muammolar atrofida fikr almashadilar. Davlat rahbarlari Rossiya va Xitoy ta’lim yillari (2026–2027 yillar)ning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar», — deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!