U "Yasniy" baliqni qayta ishlash kombinati, Kuril markaziy tuman kasalxonasi, Rossiya Qahramoni E.D. Norpolov nomidagi maktabda bo‘ldi va Saxalin viloyati gubernatori Valeriy Limarenko bilan uchrashdi.
Gubernator Putinga hatto eng chekka hududlar aholisi bilan uchrashuvlarda ham "odamlar hammasi g‘alaba uchun demoqda", deb aytdi. "Bizning odamlar shunday. G‘oliblikning genetik kodi", — deya javob qaytardi prezident.
Bir kun avval Putin Tinch okeani floti mashg‘ulotlarida so‘zlab, Rossiya Kuril orollari muammosini hal qilishda Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe va boshqa yapon rahbarlari bilan konstruktiv munosabatda bo‘lganini, ammo endi Tokio o‘z pozisiyasini o‘zgartirganini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Rossiyaning davlat va hukumat rahbarlari Kuril orollariga jami besh marta tashrif buyurishgan. To‘rtta tashrifni Medvedev amalga oshirgan, 2010 yilda mamlakat prezidenti sifatida, 2012, 2015 va 2019 yillarda esa Rossiya hukumati raisi sifatida. 2021 yilda Iturup oroliga Bosh vazir Mixail Mishustin tashrif buyurgan edi.