Tadqiqotchilar Tayvan davlat tuzilmalarining Hermes va OpenClaw asosidagi “xaker” yordamida buzib kirilgani izlarini topishdi.
Bu tizim 4 kun ichida 12 bosqichli hujum uyushtirgan. U zaifliklarni aniqlash va hujumlar o‘tkazish uchun agentlarni ishga soldi. Birgina davlat saytining kodi butun infratuzilmaga kirish sxemasini tuzishga yordam bergan.
Hujum natijasida xodimlar haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotlar bazalariga kirish parollari oshkor bo‘lgan. Har bir urinishdan so‘ng agentlar buzib kirishning yangi usulini ishlab chiqishgan.