Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Jamoa ushbu natijaga tojikistonlik mutaxassis Vitaliy Levchenko qo‘l ostida erishdi. Shu tariqa Vitaliy Grigoryevich O‘zbekiston chempioni bo‘lgan to‘qqizinchi xorijlik murabbiyga aylandi. Legioner murabbiylar orasida rekord Tachmurod Agamurodovga tegishli. Turkmanistonlik mutaxassis "Paxtakor" bilan 4 marotaba chempionat oltin medallariga ega chiqqan.
Quyida umumiy ro‘yxat bilan tanishing.
Ubiraja Vega Da Silva (Braziliya) - "Paxtakor" 1998
Leonid Ostroushko (Qozog‘iston) - "Do‘stlik" 2000
Sergey Butenko (Rossiya) - "Paxtakor" 2001
Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - "Paxtakor" 2002,2003,2004,2005
Ziko (Braziliya) - "Bunyodkor" 2008
Luis Felipe Skolari (Braziliya) - "Bunyodkor" 2009
Shota Arveladze (Gruziya) - "Paxtakor" 2019,2020
Piter Xyuistra (Gollandiya) - "Paxtakor" 2021
Vitaliy Levchenko (Tojikiston) - "Neftchi" 2025