Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior milliy jamoa mashg‘ulotida ishtirok etmadi va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Vinisius Fransiyaga qarshi o‘yindan (1:2) keyin jismoniy yuklama sabab son qismida og‘riq his qilgan. Juma kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va jiddiy jarohat aniqlanmagan. Shunga qaramay, futbolchining bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etishi hali ham so‘roq ostida.
Avvalroq «Barselona» hujumchisi Rafinya ham jarohat olgani va uning tiklanishi taxminan besh haftaga cho‘zilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Braziliya — Xorvatiya o‘yini 1 aprel kuni Orlandoda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.