Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Vinisius uchta o‘yinga chetlatilishi mumkin

Vinisius uchta o‘yinga chetlatilishi mumkin

Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior katta ehtimol bilan "Barselona"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, Vinisius Ispaniya chempionatining 8-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgani uchun kamida ikkita uchrashuvga diskvalifikasiya qilinadi.

Biroq braziliyalik futbolchining qizil kartochkaga nisbatan tajovuzkor munosabati sababli jazo muddati uchta o‘yingacha oshirilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Vinisius raqibining sochidan tortgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Katta ehtimol bilan Vinisius "Barselona"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. "Real" Kataloniya klubi bilan "Sevilya"ga qarshi uy uchrashuvidan keyingi turda to‘qnash keladi.

14 oktyabr kuni "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida safarda Italiyaning "Roma" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:50 14.10.2026. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!