Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vinisius "Real"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Vinisius "Real"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Hujumchi Vinisius Junior kelajagini belgilab oldi. Transfer News Live nashrining nufuzli insayder Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, Vinisius "Real"da qolishni istamoqda. Braziliyalik futbolchi klubni yaxshi ko‘radi va hech qayerga ketmoqchi emas. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

Avvalroq, "Real" Vinisiusga shartnoma shartlari bo‘yicha taklifni oshirmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Madridliklar braziliyalik futbolchi kelishuvni uzaytirishdan bosh tortsa, uni 2026 yilda sotib yuborishga ham tayyor.

Amaldagi mehnat shartnomasi Vinisiusni 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar "Real" bilan bog‘lab turadi.

Kiritildi: 19:04 24.09.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!