Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning jamoadagi kelajagi klub rahbariyati o‘zgargan taqdirda so‘roq ostida qolishi mumkin. Bu haqda Madrid klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelmega yaqin manbalarga tayanib Rodra nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rikelmening atrofidagilar braziliyalik forvardning transferga chiqarilishi ehtimolini istisno etmayapti. To‘g‘ri, nomzodning o‘zi rasman bunday bayonot bilan chiqmagan.
Bundan oldinroq Rikelme agar saylovda g‘alaba qozonsa, «Real» uchun «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland va yarim himoyachi Rodrini sotib olishga va’da bergan edi. Biroq, bunday keng ko‘lamli (masshtabli) loyihani amalga oshirish uchun klubga hozirgi yulduz futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishi mumkin.