FIFA Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga alohida e’tibor qaratdi.
Abduqodir Husanov bilan tanishing — O‘zbekistonning FIFA Jahon chempionati sari yo‘l olayotgan eng yorqin futbol yulduzlaridan biri.
2025 yil yanvar oyida u “Manchester Siti” safiga qo‘shildi va Angliya Premyer-ligasida maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi.
O‘tgan yozda Husanov klubi bilan AQShda ilk bor o‘tkazilgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Endi esa uni yanada katta sinov kutmoqda.
2026 yilda Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Yangi format ko‘plab futbol mamlakatlari uchun yaxshi imkoniyat yaratdi va O‘zbekiston ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Husanovning terma jamoadagi yutuqlari ham e’tiborga molik: u O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan, U-20 Jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib borgan. Endilikda esa u dunyo futbolining eng nufuzli sahnasida yangi tarix yozishga intilmoqda", — deyiladi FIFA Instagram sahifasida.