"Real" yakshanba oqshomida Ispaniya chempionatida "Real Ovyedo" mehmoni bo‘ldi. Hujumchi Vinisius Junior ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga yaqin zaxiradan maydonga tushdi, ammo ko‘p narsaga ulgurdi - simulyasiya uchun sariq kartochka oldi, golli pas berdi, hakam bilan bahslashdi va oxirida gol urdi.
Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda Vinisius "Real Ovyedo" muxlislariga ikki barmog‘ini ko‘rsatgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, gap provokasiya haqida ketmoqda - braziliyalik kelasi yili jamoa ikkinchi divizionga yo‘l olishini nazarda tutgani aytilmoqda.
Aytish kerakki, Vinisius avval ham raqib jamoalar muxlislarini muntazam ravishda g‘azablantirib kelgan.