Aeroport 8 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:18 dan ertalabki 04:00 gacha ishlamadi, parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar beshta reys va 453 nafar yo‘lovchiga ta’sir qildi. To‘rtta reys boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi, Vilnyusga qo‘nishi kerak bo‘lgan yana bir reys esa bekor qilindi.
Litva Inqirozlarni boshqarish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, radarlarda Vilnyus aeroportida samolyotlarning qo‘nish trayektoriyasini kesib o‘tgan beshta meteozond belgisi payqab qolingan. Hozirda polisiya yerda ushbu havo sharlarini qidirmoqda, deb yozmoqda LRT nashri.