Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Video: Surxondaryoda 7 sinf o‘quvchisi tengdoshini o‘ldirdi

Video: Surxondaryoda 7 sinf o‘quvchisi tengdoshini o‘ldirdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6-sonli maktab o‘quvchisi tengdoshini o‘ldirdi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchi Shavkat 2019 yil 12 dekabr kuni O‘ralni samsung rusumli telefon topib oldim deb aldab, daryo bo‘yiga olib borgan. U yerda Shavkat sherigi, 12 yoshli Jasur bilan O‘ralni pana joyga olib borgan. Shundan so‘ng 17 dekabr kuni balichqi O‘ralning jasadini ko‘rib qolgan va huquq tartibot organlariga xabar bergan.

Ushbu holat yuzasidan so‘roq qilinganda Shavkat marhum O‘ral tomonidan doimiy kamsitib kelinganini aytgan. Shu sababdan ham Shavkat undan mana shu yo‘l bilan qasos olganini aytgan.

"Qo‘rqqanimdan hech kimga aytmadim. Birinchi aytmoqchi bo‘ldim, lekin qamalib ketishimdan qo‘rqib hech kimga aytmadim. Tushlarimga kirib, kechalari uxlay olmadim", - deydi Shavkat.

Hozirda Shavkat JPKning 221-moddasiga asosan ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kiritildi: 16:48 14.01.2020. O'qildi: 5176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!